Sabatini: "Roma" - zerikarli jamoa"

Mirjalol Normatov
29 dek 2022
"Roma" sobiq sport direktori Valter Sabatini "bo'rilar"ning o'yinini tanqid qildi.

"Juda zerikarli jamoa, deyarli futbol o'ynamaydi. Bu esa menga maqul kelmaydi. Biroq jamoa shunday yo'l bilan g'alabaga erishmoqda, chunki Mourinyu bu borada usta bo'lib ketgan. 

Masalan, jamoaning o'tgan mavsumda "Salernitana"ga qarshi o'yinini eslang. Jamoa 82-daqiqagacha 1:0 hisobida mag'lub bo'layotgandi, keyin esa g'alabaga erishdi", - dedi Sabatini.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport