Ryudiger "Chelsi"dagi kelajagi haqida gapirdi

Alisher
1 noya 2021, 18:01
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger londonliklar bilan shartnomani uzaytirish borasidagi savolga javob berdi.

"Eng muhimi o'zimni bu yerda baxtli his qilayotganimdir. Odamlar diqqat bilan ko'rsa, buni sezadi. Shartnomaga keladigan bo'lsak, muzokaralar ketmoqda. Men hozirda qilayotgan ishimga e'tibor qaratganman", - deydi Ryudiger.

Ryudigerning "Chelsi" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

28 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano