Rustam Zabirov “Qizilqum”dan ketdi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2013
Zarafshon klubida shu yilning o'zida ikkinchi murabbiy ishdan ketdi.
Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, Zarafshonning “Qizilqum” klubi bosh murabbiyi Rustam Zabirov klubni tark etgan. Murabbiy iste'foga chiqish haqida ariza yozgani xabar qilinmoqda. Klub rasmiy sayti bu borada hali rasman xabar bermagan. 

Ushbu murabbiy boshchiligida “Qizilqum” oliy ligada 9ta o'yin o'tkazdi. Shulardan 2tasida g'alaba qozondi va 1 marta durang o'ynadi. Qolgan 6ta bahsda imkoniyat boy berildi.

Aprel oyi boshida Ravshan Haydarov ham o'z arizasiga ko'ra “Qizilqum”dan ketgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia