Rustam Mirsodiqov: "So'g'diyona"da g'alabaga ishtiyoq kuchli edi"

Narzulla Saydullayev
6 okt 2013, 13:07
“So'g'diyona” – “Metallurg” uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov natijadan qoniqmaganligini yashirmadi.
- “So'g'diyona” uchun g'alaba suv va havodek zarur ekanligini va butun o'yin davomida ular hujumkor o'yin namoyish etishlarini bilardik. Katta bosimga puxta hozirlik ko'rib, uchrashuvni qarshi hujumda tashkil etish rejasini ham tuzib qo'ygandik. Yigitlar buni uddalashdi. Birinchi taymda hisobni ocholmagan maydon egalari ikkinchi taymda himoyani unutib hujumga o'tib ketishdi. Bundan unumli foydalanib gol kiritib oldik. Ammo qanot hakamining ofsaydni ko'rmasligi natijasida “So'g'diyona” hisobni tenglashtirib oldi. ruhiy tushkunlikka tushgan futbolchilarimiz esa uchrashuv oxirida yana bitta to'p o'tkazib yuborishdi.

Jamaomizda jarohatlangan futbolchilar anchagina. Bugun asosiy darvozabonimiz Mamur Ikromov, tajribali o'yinchilarimiz Shuhrat Yo'ldoshev, Odil Isaboev, Sardor Rasulov, Mirto'ra Akbarov, Aleksandr Kovalevlarning yordamidan foydalana olmadik. Mag'lubiyatda darvozabonini va himoyachilarni ayblamayman. Ular qo'lidan kelganini qilishdi. Ammo maydonning notekisligi natijasida chiroyli futbol namoyish etishning imkoni bo'lmadi. Mezbonlar esa bu holatga ko'nikib qolishgan. Shu narsa ham mag'lubiyatimizga sabab bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: metallurg-pfc.uz