

"Bizda hammasi o'sha-o'sha? "eski hammom, eski tos". Doimgidek Chirchiqda tayyorgarlik ko'rayapmiz. Meni qiynayotgan muammolar yo'q. Shahzod Nurmatov jamoamizga qaytib keldi. U mavsumni "Metallurg"da boshlaydi. Yangi mavsumda doimgidek chiroyli o'yin ko'rsatish vazifamiz sanaladi", - deydi Rustam Mirsodiqov.



