Shundan so'ng, milliy terma jamoamizga nomzod bo'lgan Gadoevni katta extimol bilan bir oy muddatga safdan chiqqani xususida ma'lumotlar tarqaldi.
Bunga aniqlik kiritish maqsadida "Nasaf" klubi shifokori Rustam Mehmonov bilan bog'landik.
- Rustam aka, kecha Shoxruh Gadoev jarohat olib maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Aytingchi uning jarohati qay darajada jiddiy?
- Ha, afsuski kechagi o'yinda Shoxruh oyog'idan jiddiy shikastlandi. Jarohat olgan paytidayoq uni shahardagi klinik shifoxonaga olib bordik, va u erda jarohat olgan o'ng oyog'ini rentgen qildirdik. Shundan so'ng ma'lum bo'ldiki, Gadoevning o'ng oyog'idagi, boldirining pastki kichik suyagi singan. Shu bois uni gips qilishga majbur bo'ldik.
- Davolanish jarayoni qancha muddatni o'z ichiga qamrab oladi?
- Endi futbolchimiz kamida 45 kun maydon tashqarisida bo'ladi. 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan Kubok finalida ham Gadoevning maydonga tushishi so'roq ostida. Endi bu masala jarohatning qanchalik tez bitishiga bog'liq bo'ladi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.