

Sharq mintaqasi 3-turi doirasida Iroqning "Eyr Fors" jamoasi Bahraynning "Al-Haldiya" klubiga qarshi saf tortadi.
Ushbu to'qnashuvda o'zbekistonlik Rustam Lutfullin ish olib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Yordamchi hakam sifatida Aziz Asimov qayd etilgan.
Osiyo Chempionlar ligasi-2 | Guruh bosqich, 3-tur
"Eyr Fors" -"Al-Haldiya"
23.10.2024 | 23:00
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchilar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Aziz Asimov
Nazoratchi: Kanat Zakariya
Komissar: Shahir Ahmed
Hamyurtimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!



