Rustam Ashurmatov: "Turkmaniston va Eronga qarshi o'yinlarda bor kuchimizni namoyon etamiz"

Оқил Абдубарноев
4 iyun 2024, 21:52
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov JCH-2026 saralash o'yinlaridan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoamiz kecha yig'ildi. Ko'pchilik klublari bilan mavsumni yakunlab, qisqa muddat dam olishga erishdi. Shu bois, futbolchilarda jismoniy tayyorgarlik turlicha. Murabbiylar shunga ko'proq e'tibor berishyapti. Kecha ilk mashg'ulotni o'tkazdik. Tayyorgarlik haqida nimadir deya olmayman. Jamoada kayfiyat yaxshi. Guruhda birinchi o'rin uchun harakat qilamiz. Turkmaniston va Eronga qarshi o'yinlarda bor kuchimizni namoyon etamiz. Eronga kuchimiz etadi. Ular ashaddiy raqiblarimizdan biri sanaladi. Safardan ham g'alaba bilan qaytamiz degan umiddaman", dedi "Rubin" futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia