Rustam Ashurmatov sobiq klubi bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2020
O'zbekiston terma jamoasi va "Kvanju" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqinligi haqida xabar bergandik.

Hamyurtimiz ikki yil davomida to'p tepgan "Kvanju" bilan xayrlashdi. "Qoyilmaqom ikki yil uchun rahmat va omad", - deb yozadi Rustam Ashurmatov instagramdagi o'z sahifasida.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Ashurmatov faoliyatini K1 Liga ishtirokchisi bo'lgan "Kanvon" klubida davom ettiradi.

"Kanvon" klubi 2008 yilda tashkil topgan, o'z uy o'yinlarini 20000 tomoshabinga mo'ljallangan "Chunchon Songam" stadionida o'tkazadi. 2020 yilgi mavsumda klub K1 Ligada 7-o'rinni egalladi.


[instagram]

 [/instagram]


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia