Rustam Ashurmatov: "Jahon chempionatiga borgandan keyin eng kamida guruhdan chiqishni o'ylash kerak"

Mirjalol Normatov
6 dek 2025
JCH-2026 qur'asi oldidan Rustam Ashurmatov Portugaliya termasi bilan o'ynashni istashini aytdi.

O'zbekiston termasi guruhdayoq Portugaliya bilan o'ynaydigan bo'ldi.

- Jahon chempionatiga chiqdik. Endi istaymizmi yo'qmi, qaysi raqib tushsa ham o'sha raqib darajasida o'ynashimiz kerak bo'ladi. U yoki bu jamoa tushsin deya olmayman. Qaysi raqib bo'lishidan qatiy nazar kurashishga harakat qilamiz.

- Barchamiz jahon chempionatini ko'rib, katta bo'lganmiz. Sizning birinchi ko'rgan jahon chempionatingiz qaysi bo'lgan?

- Aniq eslaydiganim - 2006 yilgi mundial. 2002 yilgi jahon chempionatini ham ko'rganman, lekin detallari bilan eslay olmayman. Chunki o'shanda yosh bola edim. Lekin JCH-2006ni to'liq eslayman.

- Rustam Ashurmatov birinchi savatchadagi qaysi termaga qarshi maza qilib o'ynashni istagan bo'lardi?

- Mezbon jamoalardan biri tushsa yaxshi bo'lardi. Sababi mezbonlarning muxlislari ko'p bo'ladi. Muxlislar oldida o'ynash boshqa daraja. Ikkinchidan o'z darajamizga yaqinroq bo'lgani uchun bemalol kurashishimizga imkoniyat bo'lardi. 

- Guruhdan chiqishni maqsad qilganmizmi?

- Jahon chempionatiga borgandan keyin eng kamida guruhdan chiqishni o'ylash kerak.

- Finalda kim bilan o'ynashni istaysiz?

- Portugaliya bilan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia