Rustam Abdullaev: "Bugungi g'alaba bizga juda kerak edi"

Narzulla Saydullayev
3 avg 2015, 07:23
“Qo'qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezmonlar ustozi Rustam Abdullaev qatnashdi.
Bugungi g'alaba bizga juda kerak edi. Ko'rganingizdek o'yin juda og'ir o'tdi. Hisobni ochganimizga qaramay, gol o'tkazib yubordik. Lekin yigitlarga rahmat g'alaba uchun borlarini berib o'ynashdi. Qolaversa, muxlislarimizning tinimsiz qo'llab-quvvatlashlari ham bizga dalda bo'ldi. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda ham shunday bo'ladi.

“Dinamo” ham yaxshi jamoa. Ularga kelgusi o'yinlarda omad tilab qolaman.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz