Ruslanbek Jiyanov: “Yo'limizdan chiqqan jamoani mag'lub etishimiz kerak”

Оқил Абдубарноев
24 apr 2024, 01:26
O'zbekiston U-23 terma jamoasi hujumchisi Ruslanbek Jiyanov Vetnamga qarshi o'yin (3:0) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida...

- O'zbekiston xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Guruhdan chiqishni uddaladik. Oldimizdagi dastlabki vazifasini bajardik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Guruh bosqichida terma jamoasimiz o'nta gol urib, birorta gol o'tkazib yubormadi. Bu futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchiga qay darajada ta’sir qiladi?

- Albatta. Biz harakat qilamiz, hammasi Allohdan.

- Saudiya Arabistonidan revansh olib vaqti keldimi?

- Bo'lajak raqibimiz yaxshi jamoa. Biz oldimizga yuqori maqsad qo'yganmiz. Shunday ekan, qarshimizdan chiqqan jamoani mag'lub etishimiz kerak.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia