Ruslan Jiyanov "Olimpik"ni tark etib, Rossiyaga uchib ketdi

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2023, 00:44
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi Ruslan Jiyanov "Olimpik"ni tark etdi.

Jiyanov 23 iyun kuni Rossiyaga uchib ketdi. Hujumchi joriy yilning 10 fevralida "Pari Nijniy Novgorod" jamoasi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan edi.

Jiyanov birinchi davraning qolgan ikki uchrashuvida ham ishtirok etishi kerak edi, biroq Rossiya klubi bosh murabbiyi Sergey Yuran futbolchini muddatidan avval chaqirib oldi.

"Pari Nijniy Novgorod" yangi mavsum oldidan 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashgani tufayli ijaradagi futbolchilarni chaqirib olishga qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia