Rus klublari ushbu mavsum evrokuboklarda g'alabaga erisha olmadi

Mirjalol Normatov
27 noya 2020, 01:20
Rossiya klublari ushbu mavsumda evrokuboklardagi omadsiz ishtirokini davom ettiradi.

Rossiyaliklar o'tkazgan 16 o'yinning 8tasida durang, 8tasida mag'lubiyat qayd etdi.

"Zenit" YCHLda "Bryugge" (1:2), Dortmundning "Borussiya"si (0:2) hamda "Lacio"ga (1:3) mag'lub bo'ldi va "Lacio" bilan durang o'ynadi, 1:1.

"Lokomotiv" "Red Bull Zalcburg" (2:2) va "Atletiko" (1:1 va 0:0) bilan ikki marta durang o'ynagan bo'lsa, "Bavariya"ga (1:2) mag'lub bo'ldi.

"Krasnodar" "Chelsi"ga (0:4) va ikki marta "Sevilya"ga (2:3 va 1:2) yutqazdi, "Renn" (1:1) bilan durang qayd etdi.

SSKA Yevropa ligasida "Volfsberg" (1:1) va Zagrebning "Dinamo"si bilan durang o'ynadi (0:0), "Feyenoord"ga (1:3) mag'lub bo'ldi, undan tashqari "Feyenoord"ni (0:0) mag'lub eta olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia