Runi: "Yana "Everton" safida o'ynash juda yoqimli bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
3 avg 2015
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi "Everton" sobiq futbolchisi Dankan Fergyuson sharafiga uyushtirilgan uchrashuvda ishtirok etganidan mamnunligini aytdi.
"Everton" va "Vilyarreal" o'rtasidagi uchrashuv ispan klubining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Runi "Everton" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Yana "Everton" safida o'ynash yoqimli bo'ldi. Muxlislar meni iliq kutib olishdi. Asosiysi, bu kun Dankan uchun juda muhim bo'ldi. U o'yindan rohatlandi, Dankanni yana maydonda ko'rishdan xursand bo'ldim" - deydi Runi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com