Runi nima sababdan klubni almashtirganini aytdi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2017
“Everton” hujumchisi Ueyn Runi “Manchester Yunayted”dan yana qadrdon jamoasiga qaytishi cabablariga to'xtaldi.

“Kuman men bilan qiziqayotganligini bilishim bilan “Everton”ga qaytishimga shubha qilmagandim. Men ushbu klubda o'ynashni istadim va buni rahbariyatga ma'lum qildim. Men futbol o'ynab klub bilan omadli lahzalarni tuymoqchiman. Men faqat sovrin yutish uchun to'p tepaman – bu bizning maqsad va vazifamiz. Men ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istadim. Joze Mourinyo bilan gaplashganimdan keyin, klub o'zgartirish vaqti kelganini angladim va biz u bilan ushbu qarorga keldik”, deydi Runi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC