Runi "Manchester Yunayted" yoki "Everton"ni boshqarmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2022
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Ueyn Runi o'z sobiq klublaridan birida ishlash istagi haqida to'xtaldi.

"Albatta, buni xohlagan bo'lardim. Hozir bor e'tiborim "Derbi Kaunti" bilan Chempionshipda zafar quchishga qaratilgan. Biroq "Manchester Yunayted" va "Everton" – ko'nglimga juda yaqin klublar.

Umid qilamanki, kelajakda ushbu jamoalardan birini boshqaraman. Bu men uchun katta yutuq bo'lardi", – dedi Runi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror