Runi: "Hech qachon "Manchester Yunayted"dan ketishni so'ramaganman"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2015, 17:43
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runining takidlashicha, u hech qachon klubni tark etish niyatida bo'lmagan.

"Men Aleks Fergyuson bilan gaplashib, meni maydonga tushirmasa, kelajagim haqida o'ylab ko'rishim kerakligi borasida aytgan edim. OAV esa men klubdan ketishni so'raganimni yozgan, ammo bu haqda hech qachon so'ragan emasman.

Bu ma'lumot matbuotda qayerdan paydo bo'lganini bilmayman. "Manchester Yunayted"ga kelishimdan oldin, Aleks Fergyuson qo'l ostida o'ynashni istagan edim. U buyuk murabbiy" - deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com