Runi Angliya terma jamoasi safida maydonga tushadi

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2018, 15:40
"Di Si Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi Angliya terma jamoasi safida AQSHga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tushadi.

Ma'lum bo'lishicha, terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt futbolchini ushbu o'yin qaydnomasiga kiritadi. Runi o'sha o'yinda sardor sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.

O'yin 15 noyabr kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Runi Angliya terma jamoasi safida so'nggi marotaba 2016 yilning 11 noyabrida maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Sun