
"Gap jamoa o'yinini mukammallashtirish borasida ketmoqda. Pep buni uddalashiga esa ishonchim komil. 2011 yil, Rojdestvoga yaqin, men Barselonaga bordim va Gvardiola bilan uchrashdim. Biz uzoq vaqt, qizg'in suhbat olib bordik. O'shanda men u "Bavariya"ga mos murabbiy ekanligini tushundim", dedi Ruminigge.