Ruminiyada ikki zambil ko'taruvchi golni nishonlagani uchun diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2015, 12:35
Ruminiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan "Dinamo" (Buxarest) - "Panduriy" (2:1) uchrashuvida g'alati hodisa yuz berdi.

Uchrashuvning 91 daqiqasida "Dinamo" himoyachisi Ante Pulich raqib darvozasiga g'alaba to'pini kiritadi. Zambil ko'taruvchi tibbiy xizmatning ikki xodimi poytaxt klubi golini nishonlash uchun maydonga yugurib chiqishadi.

Ruminiya futbol federatsiyasi bu ikki "to'palonchi"ni bir oyga o'z vazifasidan chetlatdi va 640 leev (153,64 dollar) jarima soldi.

"Mezbonlarning golidan juda xursand bo'ldik. Biz bolaligimizdan "Dinamo"ga muxlislik qilamiz" - deydi zambil ko'taruvchilarning biri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters