Ruis "Napoli" bilan shartnomani yangilashga shoshilmayapti

22 mar 2020, 00:20
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisning agenti Alvaro Torres klub bilan hamkorlikni davom ettirish borasidagi muzokaralar mavsum so'ngiga qoldirilganini ma'lum qildi.

"Bu mavsum "Napoli"da katta o'zgarishlar ro'y berdi, klub uchun qiyin yil bo'ldi. Ruis jamoada qoladimi? Biz muzokaralarni mavsum yakuniga qoldirdik. Bir qator katta klublardan juda muhim takliflar bor. Bundan "Napoli" rahabariyatini ham ogoh qilganmiz. Mijozimning shartnomasida tovon puli to'g'risidagi hech qanday band keltirilmagan. Uning ayni paytdagi transfer qiymati qanchaligini ham bilmayman", - dedi agent "Marca" nashriga.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca