Rufat Akramxo'jaev: “NBU-Osiyo"ning ham maqsadi bor”

Narzulla Saydullayev
9 may 2016, 16:05
Dinamo - NBU-Osiyo (4:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin dastlab mehmonlar murabbiyi o'yin borasida to'xtaldi.
Samarqandda qiyin uchrashuv bo'lishini bilardik. Chunki bu jamoa oliy ligaga chiqishni maqsad qilgan. O'yinning boshida ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsakda, shogirdlarim taslim bo'lishmadi. Hujumlarimiz natijasida ikkita gol urdib, yana o'yinga qaytdik. Ammo mezbonlar hujumkorlikni oshirgach, himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Dinamoning uchinchi goli o'yindan tashqari holatda kiritilgandek tuyildi menga. Biroq bu mag'lubiyatga bahona bo'lolmaydi. Biz himoyada yanada e'tiborli bo'lmaganimiz uchun mag'lub bo'ldik.

NBU-Osiyoning asosiy maqsadi hozirgi yosh tarkibdan oliy ligaga munosib futbolchilarni etkazib berishdir - deydi Rufat Akramxo'jaev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz