Rudi Garsiya: "Muxlislarimiz "Barselona"ni ko'rishdan xursand bo'ladilar"

Aziz Tukhtamuradov
28 avg 2015, 09:22
"Rom" bosh murabbiyi Rudi Garsiya YCHL qur'asi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, rimliklarga guruhda "Barselona", "Bayer" va BATE jamoalari raqiblik qiladilar.

"Biz amaldagi chempionlarga qarshi o'ynaymiz. Muxlislarimiz ularni "Olimpik"da ko'rishdan xursand bo'ladilar. Yaqinda bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinidagiga qaraganda yaxshiroq natija ko'rsatishga harakat qilamiz. BATEni ham yaxshi bilaman. Ular "Bavariya" bilan qay tarzda o'ynaganlari esimda. "Bayer" esa Germaniyaning har bir jamoasi kabi kuchli. "Barsa" birinchi o'rinni oladi deb hisoblayman. Ikkinchi o'rin uchun esa kurash kechadi", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net