Rudi Garsiya: "Mehmondagi durangni salbiy natija deb hisoblamayman"

Tolibjon Qosimov
4 noya 2013, 13:19
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya Italiya chempionati 12-turi doirasida "Torino"ga qarshi o'yin (1:1) haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menga aynan butun o'yin davomida g'alaba uchun o'ynaganimiz yoqdi. Final xushtagiga qalar hujum chilishda davom etdik. Bu - futbol. Baribir hamma o'yinlarni yutib bo'lmaydi. Mehmondagi duringni esa yomon natija deb hisoblamayman. Mag'lubiyatsiz seriya bosim o'tkazdimi, deysizmi? Aslo unday emas.

"Albatta,  Totti va Jervinosiz hujumdagi variantlarimiz kamaydi. Borello va Lyayichni bir vaqtda asosiy tarkibda maydonga tushira olmasdim".

"Men murabbiyman va o'z ishimni qilyapman. Murabbiy ham huddi hakamlar va futbolchilardek xatoga yo'l qo'yishi mumkin", dedi Garsiya.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru