Rudi Garsiya Masharipov to'p tepayotgan "Al Nassr" klubi bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2022, 16:08
"Lion" va "Roma" sobiq ustozi Rudi Garsiya "Al Nassr"ni boshqarishga kirishdi, deya xabar berdi Saudiya Arabistoni klubi matbuot xizmati.

Klub 58 yoshli murabbiy bilan tuzilgan kelishuv tafsilotlarini oshkor etmagan.

"Al Nassr" direktorlar kengashi raisi Musli Al Muammar fransiyalik mutaxassis Rudi Garsiya bilan shartnoma imzoladi, u klubning asosiy jamoasi bilan ishlaydi. Mutaxassisning ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz", – deyiladi jamoa matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o'tamiz, Garsiya "Sent-Eten", "Dijon", "Le Man", "Lill", "Roma", "Marsel", "Lion" va boshqa klublarda ishlagan.

O'zbekiston terma jamoasi yetakchisi Jaloliddin Masharipov harakatlanadigan "Al Nassr" 2021/2022 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni egalladi.  

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcalnassr.com