Rudi Feller: "Bayer" va "Shaxter" "Donbass Arena"da pley-off yo'llanmasi uchun kurashadi"

Tolibjon Qosimov
24 okt 2013, 12:11
"Bayer" sport direktori Rudi Fyoller "Shaxtyor" uchtidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g'alabadan so'ng, o'yin haqida gapirib, pley-offning ikkinchi yo'llanmasi raqib maydonidagi javob baxsida hal bo'lishini ta'kidladi.
"Biz faqat birinchi o'yinni yuttik xolos. Javob baxsida bizga juda qiyin bo'ladi. Bugun yaratgan vaziyatlarimizning deyarli barchasini gol bilan yakunlay oldik. Omadimiz keldi. Biroq omad kuchlilarga kulib boqadi".

"Ishonchim komilki, guruhdagi ikkinchi pley-off yo'llanmasi "O'axtyor" bilan Ukrainadagi o'yinimizda oldindan hal etib qo'yiladi", dedi Fyoller.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru