Rud Gullit Nigeriya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 okt 2014, 10:46
Gollandiya terma jamoasi safida 1988 yilda Yevropa chempioni bo'lgan Rud Gullit Nigeriya milliy jamoasini boshqarishi mumkin.

Nigeriyaliklarni Stiven Keshi tark etganidan so'ng, terma jamoa bosh murabbiyligi joyi bo'sh qolgan edi. Nigeriya futbol federatsiyasi 52 yoshli golland bilan aloqaga chiqishgan va yaqin vaqt ichida muzokaralar boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Gullit "Chelsi", "Nyukasl", "Feyenord, "Los-Anjeles Gelaksi" jamoalarini boshqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net