Rubin Xebay Nasaf o'tmoqdami? Hujumchining o'zi vaziyatga oydinlik kiritdi

Alisher
5 yanv 2025, 13:18
Ikki mavsum muqaddam "Andijon” safida yorqin o'yin namoyish etgan Rubin Xebay O'zbekistonga qaytmoqda, degan xabarlar tarqaldi.

So'nggi kunlarda turli xil OAV vositalari "Andijon" sobiq futbolchisi, hozirgi kunda Tunisning "Sfaksen" klubi safida to'p tepayotgan Rubin Xebay "Nasaf" bilan kelishuvga erishgani haqida yoza boshladi. Biz esa futbolchining o'zi bilan bog'landik va barcha savollarga javob oldik.


- Salom Rubin, hozirgi kunda Tunis chempionatida to'p tepmoqdasiz. "Sfaksen” klubidagi faoliyatingiz qanday kechmoqda?

- Men Tunis klubidagi faoliyatimni yakunladim va shartnomani bekor qildim.  Sababi klub menga hech qancha maosh to'lamadi.

- Ayni damda O'zbekistonda transferlar oynasi ochiq va klublar o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olmoqda. O'zbek klublari sizga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ko'pgina xabarlar tarqaldi. O'zbekiston klublari bilan muzokara olib bordingizmi? Shuningdek, Rubin Xebay amaldagi chempion “Nasaf” bilan shartnoma imzoladi degan gap-so'zlar qanchalik rost?

- Ha, O'zbekistondagi bir nechta klublar aloqaga chiqishdi. Sanoqli kunlardan so'ng mening yangi klubim haqida bilib olasizlar.

- "Nasaf” bilan kelishuvga erishdingizmi?

- Bir necha kundan so'ng barchasi rasman e'lon qilinadi.


→ Eshitdik-da! Superliga klublaridan biri Rubin Hebayni O'zbekistonga qaytarmoqchi


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia