“Rubin” qo'shimcha daqiqada “Spartak”ni g'alabadan mahrum qildi

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2018, 00:41
Rossiya Premer-ligasida 12-turning so'nggi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qozonning “Rubin” jamoasi o'z maydonida Moskvaning “Spartak” klubini qabul qilib, qo'shib berilgan daqiqada kiritilgan gol evaziga durangga erishdi. Himoyachi Egor Sorokin o'z goli bilan jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. 

“Kazan Arena”da o'tgan o'yinning 78-daqiqasida bosh hakam Vasiliy Kazarcev mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilagan va 11 metrli nuqtadan himoyachi Dmitriy Kombarov adashmagan edi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. 

Bugungi durangdan so'ng “Rubin”ning ochkolari 19taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. “Spartak” esa 19 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan. 

Rossiya chempionati. 12-tur

Rubin – Spartak 1:1 (0:0, 1:1)

“Kazan-Arena”

Gollar: 0:1 – 78, penalti Kombarov, 1:1 – 90 Sorokin.

Rubin – Konovalov, Uremovich, Navas, Granat, Kambolov, Bayramyan (Sorokin, 90), Konovalov, Ustinov, Podberezkin, Kudryashov, Poloz (Buxarov, 76).

Spartak – Maksimenko, Jikiya, Bokketti, Kutepov, Kombarov, Popov (Eremenko, 61), Zobnin, Tashaev (Melgarexo, 86), Ignatov, Xanni (Nimeli, 57), Petkovich.

Ogohlantirishlar: Kombarov (41), Xanni (44), Podberezkin (47), Ustinov (63), Tashaev (79), Zobnin (87).

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif