Ruben Amorim kechagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
18 avg 2025, 07:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim kechagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men bolalar bilan juda faxrlanaman. Ular o'yin davomida qilgan har bir ishida haqiqiy jasorat ko'rsatishdi. O'yin bilan tabriklayman, lekin natija bilan emas, chunki biz o'z uyimizda mag'lub bo'ldik. Biz boshqa natijaga loyiq edik va endi bor e'tiborimizni keyingi o'yinlarga qaratishimiz lozim. Jamoa o'tgan yilgidan ko'ra ko'proq tajovuzkor, futbolchilar ko'proq yugurishmoqda, butun o'yin davomida pressing qildik va hujumlarni tashkil qildik.

Mag'lubiyatga loyiq edimi? Biz mag'lubiyatga loyiq emasdik. Standart, g'alati gol. Biz yaxshiroq natijaga haqli edik, ammo bugun biz gol ura olmadik.

Men hakam haqida gapirmoqchi emasman. Men raqib futbolchi to'pga emas, balki darvozabonga o'ynaganini ko'rdim. Biz ham xuddi shunday qilishni o'rganishimiz kerak", - deb fikr bildirdi Amorim.


KhojaMuallif
Manba: championat.com