RPLda bugun "o'zbek derbisi"

Alisher
8 iyul 2020, 13:10
Bugun Rossiya Premer-ligasi 27-tur doirasidagi "Rostov" - "Ufa" o'yini bo'lib o'tadi.

E'tiborlisi, har ikkala jamoada ham o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishadi - Eldor Shomurodov va Oston O'runov. Qayd etish kerakki, ikkala hamyurtimiz ham o'z jamoalarining asosiy tarkib futbolchisi sanalishadi. Shunday ekan, bugun Rossiya Premer-ligasida "o'zbek derbisi"ni kuzatishimiz mumkin.

Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadigan o'yin "championat.asia" tomonidan matnli translyatsiya qilinadi.

Hozirda "Krasnodar"ni taqib etayotgan va evrokuboklar uchun kurashayotgan "Rostov" 26 o'yindan so'ng 43 ochko jamg'argan holda, jadvalning 4-o'rnida bormoqda.

Boshqirdiston klubi esa "Rostov"dan 10 ochko kam to'plab, 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia