RPL. "Rubin" bir kishi kam bo'lib, "Dinamo M"ni mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
21 iyul 2019, 23:05
Rossiya chempionatining 2 turida Moskvaning Dinamo M klubi o'z uyida Rubinni qabul qildi.

Uchrashuvning 36 daqiqasida qozonliklar a'zosi Evgeniy Bashkirov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Rubin ustozi Roman Sharonov tanaffus vaqtida bahsni asosiy tarkibda boshlagan Vitaliy Denisov hamda Islandiya termasi forvardi Vidar Ern Kyartanssonni zaxiraga olishga qaror qildi. Uchrashuvning asosiy bo'limiga hakam tomonidan qo'shib berilgan uchinchi daqiqada esa Kyartanssonning o'rniga tushgan Beka Mikeltadze gol urib, Rubinga yangi mavsumdagi ilk g'alabani keltirdi.


Dinamo M – Rubin 0:1 (0:0, 0:1)

VTB-Arena

Gol: 0:1 – 90+3 Mikeltadze.

Dinamo M – Shunin, Shunich, Parshivlyuk (Morozov, 68), Pliev, Evgenev, Migel Kardozu, Shimanski, Yusupov (Panchenko, 58), Kabore, Grulev (Sheydaev, 46), Joaozino.

Rubin – Dyupin, Sorokin, Danchenko, Uremovich, Denisov (Stepanov, 46), Podberezkin, Bashkirov, Konovalov, Mogilevec, Davitashvili (Kvaratsxeliya, 77), Kyartansson (Mikeltadze, 46).

Ogohlantirishlar: Bashkirov (3), Davitashvili (63), Panchenko (67), Stepanov (70), Kabore (72), Shimanski (81), Kvaratsxeliya (90), Podberezkin (90), Dyupin (90).

Chetlatish: Bashkirov (36).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia