RPL onlayn-turniri. Eldor Shomurodov so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

Alisher
28 mar 2020, 19:30
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.

RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.

 "Rostov" nomidan qatnashayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Sochi" sharafini himoya qilayotgan Noboaga qarshi videoo'yinda kuch sinashdi va bahsda murosa (1:1) yo'li tanlandi. 

Eldorning uzatgan to'pini Roman Eryomenko darvozaga joylab qo'ydi. Javob goli esa bahsning so'nggi daqiqalarida Dmitriy Poloz tomonidan kiritilgan. 


"Eng tez liga". 23-tur

"Ural" (Tatarinov va Mamin) – "Rubin" (Kvaratsxeliya) 0:1

"Sochi" (Noboa) – "Rostov" (Shomurodov) 1:1 

Gollar: Eryomenko (Shomurodov) - Poloz

"Krilya Sovetov" (Molchanov) – "Axmat" (Maxaev)

SSKA (Biyol) – "Zenit" (Dzyuba)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia