RPL. Moskva derbisida jangovar durang qayd etildi

Rossiya chempionatining 27-turida 2-o'rinda borayotgan "Lokomotiv" bu mavsum ishlari u qadar yurishmayotgan "Spartak" maydonida mehmon bo'ldi.

Uchrashuvda hisob mezbonlar vakili Esikel Ponse tomonidan 38-daqiqada ochildi. Oradan 4 daqiqa o'tgach, "temiryo'lchilar" yetakchisi Aleksey Miranchuk 11 metrlik jarima zarbasi orqali muvozanatni tikladi va yakuniy hisobni o'rnatdi - 1:1.

Rossiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Spartak – Lokomotiv 1:1

8 iyul, 22.30, Otkrytie Arena

Gollar:

1:0 – 38 Ponse, 1:1 – 42, penalti Miranchuk.

Spartak – Maksimenko, Rasskazov (Eshhenko, 90), Gaponov, Djikiya, Ayrton, Kral, Umyarov, Bakaev (Sobolev, 78), Maslov, Ponse (Mirzov, 90), Larsson.

Lokomotiv – Kochenkov, Rybus, Serkeyra, Magkeev, Ignatev, Miranchuk, Joau Mariu, Miranchuk (Rybchinskiy, 88), Kulikov (Jemaletdinov, 46), Chorluka, Eder.

Ogohlantirishlar:

Ribus (3), Kulikov (8), Ponse (13), Magkeev (27), Bakaev (45), Djikiya (90).


Manba: championat.asia