RPL. Moskva derbisi yakunlandi

27 iyun 2020, 23:26
RPL 24-turi doirasida Moskvaning "Dinamo" jamoasi SSKAni qabul qildi.

Uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. Rossiya chempionatining ortda qolgan 24 turidan keyin "Dinamo" (31 ochko) musobaqa jadvalining 7-pog'onasiga joylashgan bo'lsa, SSKA 37 ochko bilan 5-o'rinni band qilib turibdi.

RPL turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.

"Dinamo" – SSKA - 0:0

Chetlatish: Biyol (90+3).

"Dinamo": Shunin, Skopincev (Pliev, 84), Morozov, Rykov, Ordec, Karapuzov (Raush, 58), Noyshtedter, Joaozino (Komlichenko, 71), Yusupov, Igboun (Xilemark, 85), Panchenko (Filipp, 58).

SSKA: Akinfeev, Fernandes, Magnusson, Diveev, Nababkin, Sigurdsson (Biyol, 77), Oblyakov, Maradishvili, Vlashich, SHHennikov, Chalov (Kuchaev, 73).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia