RPL. Gollarga boy o'tgan 10-turning so'nggi bahsi yakunlandi, turnir jadvali bilan tanishing

Eldor Akmurzayev
22 sen 2019, 23:35
Rossiya chempionati 10-turining so'nggi bahsi SSKA – Krasnodar o'rtasida o'tkazildi.

Unda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi va ochkolarini 22taga etkazib, 2-o'ringa ko'tarilishdi. Bugun mag'lub bo'lgan mehmonlar hisobida esa 20 ochko bor. Ular 4-pog'onada turishibdi.

SSKA – Krasnodar 3:2 (3:0, 0:2)

VEB Arena

Gollar: 1:0 – 32, penalti Vlashich, 2:0 – 37 Chalov, 3:0 – 41 Vlashich, 3:1 –  57 Berg, 3:2 – 60 Berg.

SSKA – Akinfeev, Diveev, Karpov, Sharliya, Fernandes, Bistrovich, Kuchaev, Vlashich, Axmetov (Maradishvili, 90), Sigurdsson (Biyol, 64), Chalov.

Krasnodar – Safonov, Skopincev (Suleymanov, 46), Martynovich, Petrov, Stockiy, Utkin (Berg, 46), Olsson, Vanderson, Pantaleao (Kambolov, 72), Foluson, Ari.

Ogohlantirishlar: Axmetov (23), Skopincev (40), Suleymanov (58), Vlashich (90), Martynovich (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia