RPL. Chempionlik masalasi bugun hal etilishi mumkin
Eldor Akmurzayev
5 iyul 2020
Rossiya chempionatining 26-turi doirasida jadvalda peshqadamlik qilayotgan “Zenit” safarda “Krasnodar” bilan o'ynaydi.
Mazkur bahsdagi g'alaba Sergey Semak shogirdlariga muddatidan oldin mamlakat chempionligini keltiradi. Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.