Ular ertaga Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishadi. Biz jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bilan bog'lanib, keyingi o'zgarishlar haqida ham so'radik.
"Jamoamiz bugun kechga Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Davralararo o'quv-yig'in mashg'ulotlari qisqa muddatda u yerda davom ettiriladi. Ertaga biz "Navbahor" jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazamiz. Uchrashuv JARdagi mashg'ulotlar maydonida bo'lib o'tadi. Boshlanish vaqtini hozircha kech soat 18:00ga kelishganmiz. Shu uchrashuvdan so'ng qisqa tanaffus qilamiz va asosiy tayyorgarlikni Toshkentda "Paxtakor" jamoasi bilan bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaymiz.
Jamoamiz tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsam, darvozabonimiz G'ayratjon Hasanov bundan bo'yon Farg'onaning "Neftchi" jamoasi a'zosiga aylanishi deyarli hal bo'lgan. Shuningdek yarim himoyachimiz Mirzakamol Kamolov ham "Neftchi" safida shug'ullanib turibdi, uning bu jamoa bilan shartnoma tuzish yoki tuzmasligi hozircha aniq emas.
O'zlaringizga ma'lum yana bir o'yinchimiz Eldor Boymatov Zarafshonning "Qizilqum" jamoasida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Safimizga kelib qo'shiladiganlarga to'xtaladigan bo'lsam, muqaddam jamoamiz safida to'p tepgan Samandar Shodmonov hozirgi kunda biz bilan birga yani ko'rikdan o'tmoqda, uning hozircha jamoa safida qolish yoki qolmasligi haqida bir qarorga kelganimiz yo'q. Bundan tashqari asosiy tarkibga o'rinbosarlarimizdan ikki o'yinchini qo'shib olish niyatimiz bor, bular kimlar bo'lishini keyinroq sizlarga ma'lum qilamiz", - deydi "Nasaf" futbol jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev.