Ro'ziqul Berdiev: “Hisob o'yinga mos bo'ldi”

Narzulla Saydullayev
19 okt 2013
“Sho'rtan” – “Nasaf” (1:4) uchrashuvi yakunlangach, “Nasaf” ustozi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
-Tashabbus ko'proq biz tomonda bo'ldi va hisob ham shunga mos ravishda bo'ldi. Lekin tanaffusda shogirdlarim maydon biroz og'irroq ekanligini aytishdi, -deya gap boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. -Ehtimol shu sabab o'yinimiz biz kutgandek chiqmadi. Shunga qaramay safarda muhim g'alabaga erishdik. Bu o'yinda ochko biz uchun ochko judayam muhim edi. Sababi chempionat oxirlagani sari yuqori o'rinlar uchun kurash keskin ko'rinish olayapti. Maqsadimiz keyingi o'yinlardayam kerakli ochkolarni qo'lga kiritish... Umuman “Sho'rtan” hozir yangi shakllanayotgan jamoa. Tarkib avvalgi yillarga qaraganda ancha yoshargan. “Nasaf” esa saviya jihatdan ulardan kuchliroq ekanligini ko'rsatdi. Shuni evaziga biz g'alabaga erishdik.

-O'yin oxirlarida Botir Qoraev o'rniga Rahmatilla Berdimurodov maydonga tushdi. Bu majburiy o'zgarish edimi yoki...

-Majburiy o'zgarish qildik. Sababi bir vaziyatda Qoraev biroz orqa mushaklariga zarar etdi. Harakat qilamiz keyingi o'yinlarda u bizga yordam beradi. Chunki u jamoamizning muhim o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

-Muhammadiev ushbu uchrashuvgacha safga qaytishi kerak edi. Ammo nafaqat u balki o'ng qanotda to'p tepadigan Laziz Ubaydullaev ham bugun o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Ularning jarohati jiddiymi?

-Jarohat buyam bir futbolning ajralmas qismi. Hisoblab chiqsak salkam bir tarkibimiz jarohatga yo'liqqan. Yana ularning barchasi yetakchi o'yinchilar. Shu bois imkon boricha ularning o'rnini yoshlar bilan munosib to'ldirishga harakat qilayapmiz. Mana o'tgan turda Erkin Boydullaev jarohat olgan edi. Bugun uning o'rnida o'rinbosarlar tarkibidan jalb etilgan Ulug'bek Dadaboev harakat qildi. U o'tgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan edi. Agar uning yoshini inobatga oladigan bo'lsak, Ulug'bek yomon harakat qilmayapti. Yil boshida tarkibimizga ko'proq yosh, iqtidorli futbolchilarni jalb etishga maqsad qilganmiz. Lekin o'sha mavsum mobaynida bizga yordam bergan bir qator futbolchilar jarohat olmaganida, natijalarimiz bundanda yaxshi bo'lishi muqarrar edi. Shuhrat Muhammadievga to'xtaladigan bo'lsak, hozir u asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarda qatnashmoqda va umid qilamiz tez kunda u safga qaytadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz