Ro'ziqul Berdiev "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?

4 iyul 2017, 22:03
Oliy liganing 3-turi doirasidagi kechiktirilgan uchrashuv "Bunyodkor" - "Nasaf" (3:2) o'yinidan keyin "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.


- Futboldagi qoida bugun o'z so'zini aytdi. Sen urmasang, senga urishadi, degani shu bo'ladi. O'yin murosasiz va qiziqarli kechdi. O'yin davomida ikki marta ortda qolayotib vaziyatni o'nglashga erishgandik. Ammo uchinchisiga vaqt yetmadi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bugungi uchrashuvda jamoamizga biroz konsentratsiya yetishmadi.

Bugun uchta markaziy himoyachi bilan o'ynadik. Sayfiev va Shorahmedov bugun butun qanot bo'ylab, loteral sifatida harakat qildi.

Eldorbek Suyunov va Sherzod A'zamovga jamoamiz uchun qilgan xizmatlariga rahmat aytamiz va kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Bu ikki futbolchi jamoamiz yetakchilari sanalishadi. Ularni o'rnini to'ldirish uchun ko'zlab qo'ygan futbolchilarimiz bor. Davralar oralig'ida tarkibimizga yangi futbolchilar bo'ladi. Agarda legioner oladigan bo'lsak, undu hujum chizig'ida xorijdan futbolchi olib kelamiz.

Ikkinchi davrada ham yo'qotishlarga qaramay ko'plab ochko jamg'arishga harakat qilamiz. Jamoamizni har doim futbolchilar tark etishadi, ammo bu "Nasaf"ni kuchsizlantirib qo'ymaydi.

Bitta yaxshi tarafi, ikkinchi davrada biz o'z uyimizda ko'proq o'ynaymiz va yetakchilarni Qarshida qabul qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia