Ro'zimboy Ahmedov Tailand klubida ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2015
"Neftchi" klubi hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin.

Futbolchi yangi mavsumga tayyorgarlikni "Olmaliq" tarkibida boshlagandi. Biroq Tailand klubida taklif tushgani bois Ro'zimboy ushbu yurtga jo'nab ketdi. Agar futbolchi ko'rikdan o'ta olsa Sharqiy Osiyoda o'ynaydi. Agar ko'rikdan o'ta olmasa "Olmaliq"qa qaytadi. 

Ahmedov yakuniga etgan mavsumda oliy ligada 25ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia