Ro'zimboy Ahmedov: "Ochilish o'yinida g'alaba qozonishimiz shart edi"

Narzulla Saydullayev
20 apr 2019, 20:55
"Andijon" jamoasining tajribali hujumchisi Ro'zimboy Axmedov "Nasaf"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

"Uchrashuvdan oldin qiyin bo'lishini bilardik, chunki biz safarda 4ta o'yin o'tkazdik. Buning ustiga hali bu mavsumda g'alaba qozonmaganimiz tufayli bosim bor edi. Shunga yarasha yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Shukurki 3:1 hisobida g'alaba qozonib muxlislarimizga g'alaba taqdim etdik va o'zimizga kerakli bo'lgan muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdik", - deydi Ro'zimboy Ahmedov.

Abdulaziz Abduvohidov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia