
"Biz golni qanday urishni unutib qo'ydik. O'tgan mavsumda 101 ta gol urgandik va bu gollarning 80 foizini Suares-Starrij juftligi urgan. Hammasi tushunarlik bo'lsa kerak. Bundan tashqari jamoamiz tarkibi yangi futbolchilar bilan boyitildi. Bu mavsumni omadli boshlay olmadik, ammo ishlashda davom etamiz. Mehnatning tagi rohat" - deydi Rojers.
"Liverpul" Angliya Premer-ligasining 10 ta uchrashuvida 13ta gol urdi.