Roys "Maync"ga qarshi bahsda "Borussiya"ga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2016, 18:14
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roys "Maync"ga qarshi Germaniya chempionatining birinchi tur uchrashuvida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bu haqda klub sport direktori Mixael Cork ma'lum qildi.

"Roysning safga qaytishi bir-ikki kunga qoldiriladi. Biz tavakkal qilmoqchi emasmiz. U maydonga tushishiga hali erta" - deydi Cork.

"Borussiya" - "Maync" uchrashuvi 27 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild