Roys Bundesligada 300-uchrashuvini o'tkazdi

Bundesliga 22-turidan o'rin olgan “Shalke-04” – “Borussiya” (0:4) uchrashuvi dortmundliklar hujumchisi Marko Roys uchun Germaniya chempionatidagi 300-uchashuv sifatida qayd etildi, deya xabar bermoqda Opta Joe.

Roys Bundesligada debyut uchrashuvini 2009 yilning 9 avgustida “Borussiya” (Myonxengladbax) tarkibida o'tkazgan. 2012 yil futbolchi Dortmundning “Borussiya”siga ko'chib o'tgan. 300 ta uchrashuv davomida Marko 130 ta gol urdi va 85 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Dortmundliklar safida u ikki bor Germaniyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Joriy mavsumda Roys “Borussiya” tarkibida barcha turnirlarda 32 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.


Manba: Opta Joe