

"Menimcha, bu "Manchester Yunayted", uning muxlislari va APL uchun ajoyib yangilik. Men uning jahon darajasidagi futbolchi bo'lib qolishiga shubha qilmayman.
Biz uni Yevropa chempionati to'purari bo'lganini ko'rdik va u boshi uzra bo'lajak jahon chempionati kubogini ko'tarishni xohlaydi.
U aqlli yigit. Ronaldu "Manchester Yunayted"ga sovrinlar uchun qaytadi. Menimcha, u katta yutuqlarga erishishda yordam bera olmaydi, sababi jamoaning yarim himoyasidagi muammolari hali ham mavjud, lekin jamoa Angliya Liga Kubogi yoki Angliya Kubogi qo'lga kiritishi mumkin.
Albatta, u ko'proq narsani xohlaydi, u g'olibona mentalitetga ega va jismoniy holatini saqlab qola oladi. Qolaversa, Krishtianu men bilgan eng aqlli futbolchilardan biri. U o'z o'yinini qanday nazorat qilishni biladi va tabiatan g'olibona ruhga ega.
U tabiatan chempion bo'lib dunyoga kelgan, dam olishni xohlamaydi. Ronaldu yoshlarga o'rnak bo'la oladi - u bebaho.
Uning transferi jamoa uchun ijobiy holat, lekin hali "Manchester Yunayted" chempionlikni qo'lga kiritishga tayyor emas, ular yetakchilar bilan oradagi farqni qisqartira olmaydi", - deydi Kin.



