"Rostov"ning osiyolik futbolchisi faoliyatini Belgiyada davom ettiradi

28 avg 2019, 21:06
"Rostov" yarim himoyachisi Said Izzatulloxi ushbu mavsum Belgiyaning "Eypen" jamoasida o'ynaydi.

Bu haqda "sariq-ko'klar"ning rasmiy saytida ma'lumot berildi. 

"Klublar o'rtasida 22 yoshli futbolchining o'tishi borasida kelishuvga erishildi. Saidga omad tilaymiz!", - deya "Rostov" matbuot xizmati xabar bermoqda.


Izatulloxi "'Eypen" safida mavsum oxiriga qadar to'p tepadi.

O'tgan mavsum eronlik xavbek "Reding" klubiga ijaraga berilgandi (4 o'yin, 1 ta sariq kartochka). 

Eslatib o'tamiz, Izatulloxi "Rostov"ga 2016 yili yozda Madridning "Atletiko" jamoasidan erkin agent sifatida o'tgandi.  

Ayni vaqtda, "Eypen" Belgiya chempionati jadvalining oxirgidan bitta oldingisida bormoqda (15-o'rin). 5 ta turdan so'ng, jamoa hisobida 2 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: fc-rostov.ru