"Rostov"ning 3 nafar futbolchisiga PSV va "Ayaks" qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
11 noya 2016, 12:07
"Rostov"ning uch nafar futbolchisi Gollandiyaning top-klublari e'tiborini tortdi.
PSV va "Ayaks" skautlari darvozabon Soslan Janaev, himoyachi Denis Terentev va hujumchi Sardor Azmunlarning o'yinlarini kuzatish maqsadida YCHL va Rossiya chempionati uchrashuvlariga tashrif buyurishgan. Bu haqda futbol menejeri Anton Astafevga asoslangan holda "Championat.com" xabar berdi.

Oldinroq, Azmunga "Liverpul" ham qiziqayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com