"Rostov" Suriya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Alisher
29 avg 2019, 17:54
Rossiyaning "Rostov" klubi Suriya terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

O'yin 8 senyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. Uchrashuv "Olimp-2" stadionida bo'lib o'tadi.

Suriya terma jamoasi "Rostov"ning taklifiga ko'ra Rossiyaga tashrif buyuradi. O'yin tinchlikparvar tadbir doirasida o'tkaziladi.

Ikkala jamoa ham muxlislar uchun ochiq mashg'ulotlar o'tkazishi ko'zda tutilgan.

Eldor Shomurodov VS Aleksandr Sobolev. Mavsum oxirida kimning gollari ko'proq bo'ladi?

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RT